ONA TILI
- Author: N. MAHMUDOV, A. NURMONOV, A. SOBIROV, V. QODIROV, Z. JO‘RABOYEVA
- Language: O'zbek tilida
- Writing: Lotin yozuvida
- Publisher: Manaviyat
- Year: 2015
- Views: 164
Tovush va harf o‘rtasidagi farqlarni ajrata olish ko‘nikmasiga ega bo‘ldingiz,
bo‘g‘in, so‘z, so‘z birikmasi, gap to‘g‘risidagi ilk saboqlarni tingladingiz. Lekin
bilasizlarmi, o‘zbek tilidan yaxshi xabardor bo‘lish uchun bu bilimlar kifoya
qilmaydi. Siz kelgusida yanada ko‘proq mehnat qilishingiz, sabot va chidam
bilan ona tilining sir-asrorlarini o‘rganishingiz lozim. Sababi – ona tili barcha
fanlarni bilish va o‘zlashtirishning bebaho kaliti sanaladi.