Basketbol nazaryasi va uslubiyati
- Author: Ganiyeva.F.V
- Language: O'zbek tilida
- Writing: Lotin yozuvida
- Publisher: Toshkent
- Year: 2017
- Views: 262
Bugungi kunda jismoniy tarbiya va millat genofondini
shakllantirish va sog‘lom, barkamol avlodni tarbiyalash vositasi
ekanligi isbot talab qilmaydi. Lekin ko‘plab mutaxassis-olimlaming
fundamental tadqiqotlariga asosan ta’kidlash joizki, har qanday
jismoniy tarbiya va sport vositalari (mashqlari) ham jismoniy va
psixofimksional imkoniyatlarga ijobiy ta’sir etavermaydi. Boshqacha
qilib aytganda shug‘ullanuvchilaming yoshi, jinsi va
psixojismoniy imkoniyatlariga muvofiq me’yorlangan hamda tabaqalashtirilgan
katta hajmli va o‘ta shiddatli jismoniy yuklamalar
organizmda zo‘riqish holatlarini yuzaga keltiradi, natijada sog‘liqqa
putur yetkazishi ehtimoldan holi emas.