BIOENERGETIKA
- Author: Xamroyeva Saodat
- Language: O'zbek tilida
- Writing: Lotin yozuvida
- Publisher: BUXORO
- Year: 2018
- Views: 334
Ma’lumki, energiya yutish, energiyani bir turdan ikkinchi bir turga o'tkazish hamda energiyadan o'sish va rivojlanish uchun foydalana olish tirik sistemalar uchun xarakterli bo'lgan eng muhim xususiyatlar jumlasiga kiradi. Organizmda amalga oshadigan oksidlanish-qaytarilish jarayonlari, makroergik birikmalarning sintezlanishi va gidrolizlanishi, moddalarning hujayra membranasi orqali tashilish, harakat faolligi, fotosintezda yorug'lik energiyasining o'zlashtirilishi singari bir qator biologik jarayonlar energiyaning transformasiyalanishi evaziga amalga oshib, termodinamikaning birinchi muqaddimasi, ya'ni energiyaning saqlanish qonuniga bo'ysunadi.