"INFORMATIKA VA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI"

- Author: "Taylaqov Norbek Isaqulovich Axmedov Akrom Burxonovich Paradyeva Mehriniso Daniyarovna Abdug‘aniyev Abduvali Abdulhayevich Mirsanov Uralboy Muxammadiyevich"
- Language: O'zbek tilida
- Writing: Lotin yozuvida
- Publisher: Toshkent
- Year: 2017
- Views: 149
Darslikda sizning quyi sinflarda olgan Microsoft Office Excel elektron
jadvalda ishlashni davom ettirib, MS Excel 2010 da amallar va formulalar,
funksiyalar kutubxonasi bilan ishlash hamda mantiqiy va matematik
funksiyalardan foydalanib, amallar bajarishni o‘rganasiz. Darslikning
ikkinchi bobida MS Access 2010 ma’lumotlar ombori haqida tushuncha
berilib, uning boshqarish tizimlari, jumladan, ma’lumotlar omborini tashkil
etish, ma’lumotlar omborida jadvallarni o‘zaro bog‘lash, ma’lum bir
shablon bo‘yicha ma’lumotlar qidirish va ularning qayta ishlash usullari
bilan tanishasiz. Darslikning uchinchi bobida Delphi dasturlash muhitida
ilovalar yaratish asoslari bilan tanishasiz. Xususan, ilova oynasini hosil
qilish, unga tayyor boshqarish obyektlarini joylash va interfaol ilovalarni
yaratish imkoniyatlarini o‘zlashtirasiz. Bir so‘z bilan aytganda, darslikdagi
bilimlarni o‘zlashtirib, siz uzviy ravishda o‘z-o‘zingizni ma’naviy, ruhiy va
intelektual rivojlantirish, kamolotga intilish, kognitivlik ko‘nikmalaringizni
mustaqil ravishda muntazam oshirib borasiz va o‘z xatti-harakatingizni
baholash imkoniyatiga ega bo‘lasiz degan umiddamiz.
Muallif