Somon yo'li
- Author: Chingiz Aytmatov
- Language: O'zbek tilida
- Writing: Lotin yozuvida
- Publisher:
- Year: 2021
- Views: 269
Qirg'iz xalqining faxrli yozuvchisi Chingiz Aytmatovning bu qissasi 1963-yilda yozilgan. Qissa 8 bobdan iborat. Asarning bosh qahramonlari: Yer, To'lg'anoy, Suvonqul, Qosim, Aliman, Maysalbek... Bular faqat qahramongina emas, hayot sinovlarini tatib ko'rgan insonlardir. Asarda urush qoralanadi, urush qilganlarga lan'atlar yog'iladi. Bir oilada Suvonqul, Qosim, Maysalbek va Jaynoq urushga ketishib, barchasi urushda vafot etadi. Alimanni behayolik qilib qo'yishi, bir cho'pondan o'g'il ko'rganda vafot etishi kitobxonni ancha ham afsuslantiradi, ham nafratlantiradi. Oysha, Bektosh kabi insonlarning borligi bizni ancha xursand qiladi. Jekshenqulning razilligi bizda nafrat uyg'otadi. Usenboy rais To'lg'anoyni brigadir qilib qo'ygani mehr-oqibatni aks ettiradi. Asardagi bosh g'oya bir ovul turmushini ochib berish deb o'ylayman. Hozirgi davr uchun ahamiyati esa urushni qoralash, ko'p mehnat qilish. Ya'ni, To'lg'anoy so'zlari bilan aytganda:
"Tani-joning sog' bo'lsa, ishlaganga nima yetsin"...