INFORMATIKA VA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI
- Author: Mengliqulov Shahobiddin
- Language: O'zbek tilida
- Writing: Lotin yozuvida
- Publisher: Termiz
- Year: 2008
- Views: 283
Axborot ustida kerakli amallarni bajarish borasida tashkil qilingan jarayon axborot
texnologiyasi deb ataladi.
Axborot texnologiyasi asosiy texnik vositalari sifatida hisoblash- tashkiliy texnikadan
tashqari aloqa vositalari–telefon, teletayp, telefaks va boshqalar qo’llaniladi.
Hozirgi kunda axborot texnologiyasi jamiyatning jadal rivojlanishiga ta’sir etuvchi eng
muhim omildir.Axborot texnologiyasi insoniyat taraqqiyotining turli bosqichlarida ham mavjud
bo’lgan bo’lsa-da, hozirgi zamon axborotlashgan jamiyatining o’ziga xos xususiyati shundaki,
sivilizasiya tarixida birinchi marta bilimlarga erishish va ishlab chiqarishga sarflanadigan kuch
energiya, xom ashyo, materiallar va moddiy iste’mol buyumlariga sarflanadigan xarajatlardan
ustunlik qilmoqda, ya’ni axborot texnologiyalari mavjud yangi texnologiyalar orasida etakchi
o’rinni egallamoqda.