C++ DASTURLASH TILIDA HISOBLASH KALKULYATORI YARATISH
- Author: Qudratova Z
- Language: O'zbek tilida
- Writing: Lotin yozuvida
- Publisher: Samarqand
- Year: 2016
- Views: 361
Hozirgi kunda respublikamizdagi oliy o‘quv yurtlarida, akademik
litseylar, kasb-hunar kollejlarida va maktablarda ham “Informatika va axborot
texnologiyalari” yo‘nalishi va mutaxassisliklariga turli xil dasturlash tillarini
o‘rgatish mo‘ljallangan. “Informatika va axborot texnologiyalari” yo‘nalishiga
talab kuchayib ketmoqda. Texnika rivojlangan zamonda malakali, bilimli,
informatik va dasturchilarga talab ortib bormoqda. Shu sababli ham men ushbu
kurs ishimda hisoblash tizimi bo’lgan kalkulyator dasturini tuzib chiqib
o’rganishni niyat qildim. Kalkulyator tuzish uchun men C++ dasturlash tilinining
Builder 6 dasturini tanladim. Bu dasturlash tilining tanlashimdan maqsad
dasturlash tillarining yuzdan ortiq ko‘rinishlari mavjud, lekin qo‘llanilishi
ko‘lamiga qarab C/C++ va C# dasturlash tillari yuqori dasturlash sinfiga
mansubdir. Mutaxassislarning fikriga ko‘ra C++ dasturlash tili Assembler
dasturlash tiliga eng yaqin bo‘lib, tezlik jihatidan 10 % ortda qolar ekan. Keyingi
yillarda amaliy dasturchilarga juda ko‘p integratsion dastur tuzish muhitlari
taklif etilmoqda. Bu muhitlar u yoki bu imkoniyatlari bilan bir–biridan farq
qiladi. Aksariyat dasturlashtirish muhitlarining fundamental asosi C/C++ tiliga
borib tarqaladi. Bu dasturda ishlashimga yana bir sabab boshqa obektlarga
mo’ljallanmagan dasturlash tillarida faqat masalani matematik dasturi tuzib natija
olinadigan bunda yani C++ Builderda esa boshqa imkoniyatlar va komponentalar
bilan ham ishlashni o’rganmoqchiman. Builder 6 boshqa dasturlarga qaraganda
qulay interfeysga egaligi bilan ajralib turadi.