166 Spitamen shah street, Samarkand city

(66) 222-37-54

O'zbek tili tarixi

O'zbek tili tarixi

  • Author: Abdushukurov B.B.
  • Language: O'zbek tilida
  • Writing: Lotin yozuvida
  • Publisher: Tafakkur avlodi
  • Year: 2023
  • Views: 171
Sign up for read

Bugungi globallashuv davrida liar bir xalq, har qaysi mustaqil davlat o‘z milliy manfaatlarini ta’minlash, bu borada awalo o‘z madaniyatini, azaliy qadriyatlarini, ona tilini asrab-avaylash va rivojlantirish masalasiga ustuvor ahamiyat qaratishi tabiiydir. O‘zbek tilining xalqimiz ijtimoiy hayotida va xalqaro miqyosdagi obro'-e’tiborini tubdan oshirish, unib- o‘sib kelayotgan yoshlarimizni vatanparvarlik, milliy an’ana va qadriyatlarga sadoqat, ulug‘ ajdodlarimizning boy merosiga vorislik ruhida tarbiyalash, mamlakatimizda davlat tilini to‘laqonli joriy etishni ta’minlash dolzarb masalalardan sanaladi. Shu ma’noda, 0 ‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidentining 2016-yil 13-mayda imzolangan “Alisher Navoiy nomidagi Toshkcnt davlat o'zbek tili va adabiyoti universitetini tashkil etish to‘g‘risida”gi farmonida qayd etilganidek. “O‘zbek tilining har tomonlama taraqqiy topishi va adabiy til sifatida maydonga chiqishida qadimiy turkiy til katta hissa qo'shganini alohida ta’kidlash tabiiydir. Shu borada Mahmud Qoshg‘ariy, Yusuf Xos Hojib, Ahmad Yugnakiy, Atoiy, Sakkokiy, Lutfiy kabi ilm-u fan va adabiyot namoyandalarining xizmati va qoldirgan merosi muhim o‘rin egallaganini qayd etishjoiz.