166 Spitamen shah street, Samarkand city

(66) 222-37-54

O‘zbek tili ontologiyasi: yaratish texnologiyasi va konsepsiyasi

O‘zbek tili ontologiyasi: yaratish texnologiyasi va konsepsiyasi

  • Author: ABJALOVA MANZURA ABDURASHETOVNA
  • Language: O'zbek tilida
  • Writing: Lotin yozuvida
  • Publisher: Nodirabegim
  • Year: 2024
  • Views: 191
Sign up for read

Mazkur monografiyada ontologiya va tezaurus tushunchalari tahlili, tarkibiy elementlari, imkoniyatlari yoritilgan, matnlami qayta ishlash uchun foydalanishga mo'ljallangan lingvistik ontologiyalar modellari, formal sxemalari va shu model asosida ishlab chiqilgan aniq resurslar tavsiflangan. Keng ko'lamli predmet sohalarida bilimni tavsiflashga qaratilgan uch paradigma: axborot-qidiruv tezauruslari, WordNet va uning asosida yaratilgan lingvistik resurlar, ontologiyalar imkoniyatlari berilgan. Lingvistik ontologiya asosini tashkil etuvchi semantik munosabatlar (sinonim I va kvazisinonimlar), giperonim-giponim, xolonim-meronim, antonim), ularning turlari xususida so‘z yuritilgan. Sinkretizm hodisasi tadqiq etilgan. Turk tilining WordNet tizimidagi KeNet resursi tuzilishi, tarkibi, yuzaga kelgan muammolarini yoritish asnosida o‘zbek tili ontologiyasini yaratish texnologiyasi va mezonlari aniqlashtirib berilgan. “O'zbek tili ontologiyasini yaratish konsepsiyasi” ishlab chiqilgan. Matnni qayta ishlash uchun so‘z turkumlarini teglash usullari, leksikografik bazani yaratish tamoyillari xususida fikr bildirilgan. Monografiya filologiya va kompyuter lingvistikasi yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalar, magistrantlar, doktorantlar, ilmiy izlanuvchilarga hamda matnni qayta ishlash bilan bog'liq muammolar bilan qiziquvchi keng kitobxonlar ommasiga mo‘ljallangan.