EKOLOGIYA VA BARQAROR T ARAQQIYOT TA'LIMI
- Author: 0'. E. XO'JANAZAROV
- Language: O'zbek tilida
- Writing: Lotin yozuvida
- Publisher: "NAVRO'Z" nashriyoti
- Year: 2014
- Views: 190
Tabiat - bu butun jonli mavjudotlaming rivojlanishiga imkon yaratib beradigan asos va inson uchun hayot kechiris~ unlng moddiy, rna 'naviy ehtiyojlarini qondiruvchi birlamchi manbadir. Inson tabiatning ajralrnas bir qismi hisoblanadi, lekin u tabiatning boshqa elementlaridan o'zining aql - zakovati, ongliligi bilan ajralib turadi. Hayot jarayonlarini, insonning mrof-muhit muamrnolarini o'ziga xos uslublarda tadqiq qiladigan mustaqil fan ekologiya hisoblanadi.