ORGANIK KIMYO. II QISM
- Author: R. A. Shoymardonov
- Language: O'zbek tilida
- Writing: Lotin yozuvida
- Publisher: Yangiyul poligraph service
- Year: 2008
- Views: 166
Organik kimyo - 5440400 - kimyo ta’lim yo'nalishi talabalari o'rganadigan asosiy fanlardan biridir. O'quv dasturi talablariga to'liq javob beradigan, o‘zbek tilida nashr qilingan darslik va o'quv qo'llanmalarining yetarli emasligi bu fanni o'qitish va reyting nazoratlarini o'tkazishda qiyinchilik tug'diradi. Bu o'quv qo'llanma ana shu qiyinchiliklarni ma’lum darajada bartaraf qilish maqsadida yozildi. Qo'llanmaning har bir mavzusida tayanch iboralar ajratib ko'rsatilgan, uning oxirida savol va mashqlar keltirilgan. O'quv qo'llanma qo'lyozmasi bilan tanishib, qimmatli fikr va mulohazalarini bildirganliklari uchun O'zbekiston Millry uni- versiteti organik kimyo kafedrasi dotsenti A.M.Yo'Idoshevga, Bu-xoro davlat universiteti umumiy kimyo kafedrasi mudiri, kimyo fanlari doktori O.M.Yoriyevga, Buxoro gaz sanoati kolle- ji o'qituvchisi, kimyo fanlari nomzodi, dotsent S.Q.Qosimovga, BuxDU organik va fizkolloid kimyo kafedrasi mudiri, kimyo fanlari doktori, professor B.B.Umarovga, katta o'qituvchi B.X.Ibotovga, o'qituvchi S.F.Abdurahmonovga, BuxDU o'zbek tilshunosligi kafedrasi mudiri M.Abuzalovaga samimiy minnatdorchilik bildiraman. O'quv qo'llanma haqidagi barcha fikr va mulohazalar samimiyat bilan qabul qilinadi.