KURASH TURLARI VA UNI O'QITISH METODIKASI (KURASH)
- Author: E. M. SOATOV
- Language: O'zbek tilida
- Writing: Lotin yozuvida
- Publisher: City of book
- Year: 2024
- Views: 86
Dunyo taraqqiyotida har bir xalqning o'z ulushi bor. Bu ulush, bu hissa ayrim xalqlar uchun san'at, birovlar uchun moddiy boylik, yana boshqa millatlar uchun sport turlari hisoblanadi. O'zbek xalqning butun dunyo oldida ko'z-ko'z etadigan juda katta xazinalari bor. Xalqimizning ham moddiy, ham ma'naviy boyliklardan biri, bu shubhasiz Milliy Kurashdir! Milliy Kurash tarixi miloddan avvalgi davrlarga borib taqalishini arxeologik manbalar to'la-to'kis isbotlagan. Kurash tushayotgan pahlavonlar aksi tushirilgan qadimiy ashyolar, xususan, tangalar yurtimizdan ko'plab topilgan. Shu sababli ham milliy o'yinimiz bo'lgan kurashning tarixi millat tarixi bilan chambarchas bog'liq. Qo'lingizdagi Kurash tarixi, nazariyasi, qoidalari-mohiyatiga bag'ishlangan ushbu risola ham bevosita milliy sportimizning taraqqiyotida muhim bir qo'llanma bo'ladi, degan umiddamiz