Oliy matematika
- Author: A.B.Begmatov, A.Ch.Qo'ldoshev, X.Q.Qarshiboyev
- Language: O'zbek tilida
- Writing: Lotin yozuvida
- Publisher: Samarqand
- Year: 2009
- Views: 166
Mazkur uslubiy qo'llanma O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan «Oliy matematika» fani amaldagi dasturiga mos bo'lib, uning asosiy bo'limlarini qamrab olgan. Xususan, analitik geometriya va chiziqli algebra elementlari, matematik tahlilga kirish, bir va ko'p o'zgaruvchili funksiyalar differensial hisobi, integral hisob, qatorlar va differensial tenglamalar elementlari bo'limlari bo'yicha amaliy mashg'ulotlar o'tkazish uchun uslubiy ko'rsatmalar keltirilgan. Qo'llanmada har bir mavzuda ta'rif va formulalardan iborat. bo'lgan kirish qismi berilib, ayrim hollarda ularni o'zlashtirishni yengillashtirish maqsadida tushuntirishlar ko'p hollarda isbotsiz keltirilgan. Keyin keltirilgan nazariy bilimlarni qo'llab misol va masalalar yechib ko'rsatilgan hamda mustaqil bajarish uchun ko'p miqdordagi misol masalalar berilgan. O'rganilgan bilimlarni mustahkamlash uchun savollar turkumi ham ishlab chiqilgan.