166 Spitamen shah street, Samarkand city

(66) 222-37-54

Biologiya

Biologiya

  • Author: Aberqulov M. N., Jo'rayev S. T.
  • Language: O'zbek tilida
  • Writing: Lotin yozuvida
  • Publisher: Lesson Press
  • Year: 2022
  • Views: 136
Sign up for read

Respublikamiz ta'lim tizimida amalga oshirilayotgan islohatlarning tub mohiyati o'qitish sifatini yaxshilash hamda talabalarga jahon andozalari darajasida bilim berishga erishish orqali har-bir sohada yetuk kadrlar tayyorlashdir. Shu nuqtai nazardan kitobda biologiya va genetikani o'rganishning asosiy usullar bilan birga xorijdagi shu sohada qo'llanilayotgan yangi ma'lumotlar ham kiritilgan. Jumladan, markerlar seleksiyasi, genomikaga oid qiziqarli ma'lumotlar berilgan va talabalarning mustaqil bajarishi uchun vazifalar qo'yilgan. Kitobda biologiya sohasida erishilgan yutuqlar, biologik qonuniyatlar, hayotning asosiy xossalari, yerda hayotning paydo bo'lishi va rivojlanishi, tirik organizmlarni klassifikatsiyalash, immunitet, ko'payish va individual rivojlanish, organik olam evolyusiyasi organizm va muhit, genetik usullar, belgilaming irsiylanishi, Mendel qonunlari, allel va allelmas genlarning o'zaro ta'siri natijasida belgilarning irsiylanishi, irsiyatning molekulyar asoslari, o'zgaruvchanlik, populatsiya genetikasi,immunitet va biologiyada erishilgan yutuqlarning amaliyotda ishlatilishi haqida ma'lumotlar berilgan. Kitobning har bir bo'limida tegishli axborot, rasmlar, jadvallar berilgan hamda nazorat savollar bilan toldirilgan. Shu nuqtai nazardan ushbu darslik nafaqat tegishli oliy o'quv yurti talabalari, balki ilmiy xodimlar, doktorantlar, kollej va akademik litsey talabalari ham foydalansa boladi