Umumiy psixologiya
- Author: P.I.IVANOV
- Language: O'zbek tilida
- Writing: Lotin yozuvida
- Publisher: O'zbekiston faylasuflar jamiyati
- Year: 2014
- Views: 83
Psixologiya voqelikning alohida bir sohasi bo'lgan psixik (yoki ruhiy) hayot sohasini o'rganadi. Har kimga ma'lum hodisalar-sezgilarimiz, idrok, tasavvurlarimiz, fikr, his, intilishlarimiz va shunga o'xshashlar psixika hodi- salari jumlasidandir. Shaxsning psixik yoki individual xususiyatlari deb atal- adigan xususiyatlar: odamning temperamenti (mijozi), xarakteri (fe'l-atvori), qobiliyat, ehtiyoj, mayl va havaslari ham psixika sohasiga kiradi. Psixik (ruhiy) hodisalarning butun majmuyi odatda psixika degan bir so'z bilan ataladi. Psixika o'zga alohida bir olam emas: u organik hayotning yuksak shakl- laridan bo'lib, faqat hayvonlar bilan odamlarga xosdir. Hayvonlar bilan odam, o'simliklardan farq qilib, yolg'iz organik hayotga ega bo'libgina qolmay, balki, shu bilan birga, psixik hayotga ham egadir. Lekin, ma'lumki, hayvonlarning psixik hayoti odamning psixik hayotiga qaraganda sodda- roqdir.