TURKIY GULISTON YOXUD AXLOQ
- Author: Abdulla Avloniy
- Language: O'zbek tilida
- Writing: Lotin yozuvida
- Publisher: Toshkent
- Year: 2021
- Views: 502
XIX asrning ikkinchi yarmi XX asrning boshlarida Turkiston (Markaziy Osiyo) o’lkasida pedagogik fikrlarning rivojlanishida, xalq maorifi ishlarini yuksaltirishda ilg’or ziyolilarning xizmatlari kattadir. Bunda jadid adabiyotining yirik vakili shoir, dramaturg, muallim Abdulla Avloniy (1878-1934)ning xizmatlari ko’p. U maktablar ochib, shaxsan o’zi muallimlik qilish bilan birga maktablarni darsliklar bilan ta’minlash ishiga katta hissa qo’shdi. Uning qalamiga mansub «Turkiy Guliston yoxud axloq», «Birinchi muallim», «Ikkinchi muallim» «Maktab Gulistoni » asarlari bir necha bor nashr etildi. Bular ichida «Turkiy Guliston yoxud axloq» asari o’zbek klassik pedagogikasining ajoyib namunasi hisoblanadi. Abdulla Avloniy mazkur asarni fors klassik shoiri shayx Muslihiddin Sa’diy (11841310)ning «Guliston» asaridan ta’sirlanib, unga taqlid qilib yozganligi haqida shunday deydi: «Ban bu asari nochizonami bir necha muallim birodarlarimning iltijolari ila yozmoq va nashr qilmoqg’a g’ayrat va jasorat qilmish edim. Alhamdu lilloh val minna ikkinchi tab’ihada muvaffaq o’ldum, chunki Turkiston maktablarida o’z shevamizda (o’zbek tilida demoqchi) yozilmish mukammal «Axloq kitobining shunday asarga tashna va muhtoj ekanlig’i o’zum muallimlar jumlasidan o’ldig’imdan manga ham ochiq ma’lum o’ldi. Shuning uchun ko’p vaqtlar tajriba so’ngidan adibi muhtaram shayx Sa’diy usulida yozmoqni, garchi og’ir ish bol’sa ham, o’zimga muqaddas bir vazifa ado qilaroq bu kamchilikni oradan ko’tarmakni munosib ko’rdim». Demak, aytish mumkinki, «Turkiy Guliston yoxud axloq» Sa’diyning «Guliston» asari usulida o’zbek tilida yozilgan axloq kitobidir.