O'zbek tilining imlo lug'ati
- Author: Madvaliyev A., Begmatov E.
- Language: O'zbek tilida
- Writing: Lotin yozuvida
- Publisher: Akademnashr
- Year: 2012
- Views: 58
Kitobxon imlo lug'atini varaqlaganda o'zi axtargan so'zni topa olsagina qoniqish hosil qiladi. Holbuki, hozirga qadar nashr qilingan kichik va o'rta hajmli imlo lug'atlari bu talabga javob bermaydi. Ba’zan til imloviy me’yorlarining vazifasini juda keng tushunish, uni tilning boshqa tip me’yorlari vazifasi bilan qorishtirib yuborish hollari uchraydi. Masalan, imlo haqida gap borgan ba’zi ishlarda vulkan emas, vulqon, xatom emas, xatoyim, paltom emas, paltoyim, omixta emas, omuxta, tepag'on emas, tepong'ich yozilishi kerak degan fikrlar uchrab turadi, boshqacha aytganda, tilning orfoepik va lug'aviy me’yorlari vazifasi imloviy me’yordan talab qilinadi.