Yosh davrlar pedagogikasi
- Author: Yoqubova D., Dusanov N.
- Language: O'zbek tilida
- Writing: Lotin yozuvida
- Publisher: O'zkitobsavdo
- Year: 2020
- Views: 87
0‘quv qo'llanmada - dolzarb pedagogik muammolaming nazariy asoslarini ochib berish va bo‘lajak jismoniy tarbiya o‘qituvchilari hamda maktabgacha ta‘lim muassasalarida jismoniy tarbiya yo‘riqchisi, sport turlari bo'yicha murabbiylar, sport psixologlari, jismoniy tarbiya va sport ishlarini tashkil etuvchi xodimlar uchun zarur shart-sharoitlar yaratishdan iborat. Qo‘llanma maktabgucha tarbiya yoslii davri, kichik maktab yoshidagi bolalai va o'quvchilat yosh davrining qaytarilmas xususiyatlarini, yillar o'tgan sari, asta-sekinlik bilan bola qanday qilib inson bo‘lib shakllanishi, shaxs sifatida o'zini ijtimoiy munosabatlarda namoyon qilishi kabi bilimlarga zaruratning mavjudligi, ularning dunyoqarashini boyitish va rivojlantirishda pedagogik qonuniyatlarni o'rganish ehtiyojining muhimligi, maktabgacha va kichik maktab yoshdagi bolalarning sensomator xususivallarini tarixiy va nazariy rolini jamiyatda olib borilayotgan ishlar orqali amalga oshirishga qaratilganligi bilan xarakterlanadi. Shuningdek, ishning modullarida go'daklik va ilk bolalik, maktabgacha tarbiya yoshi davridan to kichik maktab yoshiga qadar bo‘lgan davrdagi yoshga xos pedagogik va ekologik xususiyatlar, aqliy rivojlanishlar, shaxs shakllanishi atroflicha bayon qilingan.