O'ZBEK TILI
- Author: Qahhorova H.A.
- Language: O'zbek tilida
- Writing: Lotin yozuvida
- Publisher: Тошкент
- Year: 2011
- Views: 20
Dastuming asosiy maqsadi talabalaming o'zbek tilidan egallagan bilim va ko'nikmalarini mustahkamlash va yanada kengaytirish, tanlangan ixtisoslik doirasida davlat tilini puxta bilishlariga yordamlashish. Nutqlarini kasbiy atamalar bilan boyitish, o'zbek tilidan yuqori darajada nutqiy savodxonlikni ta'minlashga erishishdir. Ushbu nuqtai nazardan dastur o'qituvchi va talaba oldiga qator vazifalami qo'yadiki, bular mutaxassisning kundalik mehnat faoliyati' hamda turmushida zanir bo'lgan nutqiy mavzularda o’zbek tilida mustaqil so'zlay olishlari va yozishlari, ixtisoslikka oid turli uslublarda matn tuza olish, uni o'zgartira bilish malakalarini shakllantirishni ko'zda tutadi. Dastumi tuzishda ana shunga e'tibor bergan holda muayyan nutqiy mavzular doirasida zaruriy grammatik bilimlami berish, ixtisoslik doirasida og'zaki va yozma nutqni o'stirish, turlicha matnlami erkin tuza olish malakalarini o'stirish vazifasi qo'yilgan. Dastumi tuzishda oliy ta’limda davlat tilini o'qitishning zamonaviy texnologiyasi inobatga olindi, hamda talabalaming akademik litsey va kollejlarda o'zbek tilidan egallashlari shart bo'lgan bilimlar ko'lami va darajasiga asoslanildi.