TASVIRIY SAN'AT O'QITISH METODIKASI
- Author: Sobirov Sarvar Tursunmurotovich
- Language: O'zbek tilida
- Writing: Lotin yozuvida
- Publisher: City of book
- Year: 2023
- Views: 25
Ushbu o'quv qo'llanma 60111200 "Tasviriy san'at va muhandislik grafikasi" yo'nalishi bakalavriat bosqichi talabalari uchun mo'ljallangan bo'lib, bugungi kun talablarini hisobga olingan holda tuzildi. Qo'llanma talabalarning bilim va malakalarini hisobga olgan holda oddiydan - murakkabga usulida ishlab chiqilgan. O'quv qo'llanma talabalarni "Tasviriy san'at o'qitish metodikasi" fanining nazariy hamda amaliy asoslari bilan tanishtiradi. U tasviriy san'at darslarining to'rt turi: borliqni idrok etish, narsaning o'ziga qarab rasmini chizish, badiiy qurish-yasash va mavzu asosida rasm chizish, san'at asarlarining tahlili va suhbat darslarini o'tkazishga oid umumiy korsatmalarni o'z ichiga olgan. Mazkur o'quv qo'llanmadan oliy o'quv yurtlarining talabalari, umumta'lim maktablarining tasviriy san'at o'qituvchilari foydalanishlari mumkin. O'zbekiston Respublikasi Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 27 martdagi 68-sonli buyrug'iga asosan o'quv qo'llanma sifatida nashrga tavsiya etilgan.