TARIX BO'LIMINING O‘QUV DASTURLARI TOPLAMI

- Author: Bosh muharrir.
- Language: O'zbek tilida
- Writing: Lotin yozuvida
- Publisher: UNIVERSITET
- Year: 2005
- Views: 193
Tarix millatning tom ma'nodagi tarjimayi holidir. Tarix o'tmish va hozirgi zamonni ko'zga ko'rinmas iplar bilan bog'lab turadi. Tarix ayni paytda ulug' murabbiy ham. Talaba yoshlarni milliy istiqlol ruhida tarbiyalashda O'zbekiston tarixi fanining beqiyos o’rni borligi shubhasiz. Ma'lumki, O'zbekiston qadimgi sivilizatsiya beshiklaridan sanaladi. Ana shu qadimgi, ulug' tarixni o'rganish, undan faxrlanish har bir fuqaroning muqaddas burchi. «Tarixiy xotirasiz kelajak yo'q», deganlarida Prezidentimiz l.A. Karimov ming bora haq. «Hozir tarixchilar oldidagi asosiy vazifa - deya yozgan edi l.A.Karimov, tarixiy tahlilni ilmiy jihatdan xolisona va halol amalga oshirishdan iboratdir».l Darhaqiqat O ’zbekiston tarixini ana shu nuqtayi nazar bilan ilmiy tahlil etish bugunning dolzarb vazifalaridan hisoblanadi. «O'zbekiston tarixi» predmeti bakalavriatning I—II kurslarida o'qitiladi. Unda ibtidoiy davrdan to mustaqillik tarixigacha bo'lgan kechmishi o’rganiladi. ''O'zbekiston tarixi" kursi talabalarda fuqarolik pozitsiyani, vatanparvarlikni shakllantirishni o'z oldiga maqsad qilib qo'yadi.