166 Spitamen shah street, Samarkand city

(66) 222-37-54

Ehtimollar nazariyasi va matematik statistika

Ehtimollar nazariyasi va matematik statistika

  • Author: A. G. Abdullayev
  • Language: O'zbek tilida
  • Writing: Lotin yozuvida
  • Publisher: Andijon
  • Year: 2012
  • Views: 409
Sign up for read

Ushbu uslubiy qo’llanmadan «Ehtimollar nazariyasi va matematik
statistika» fani bo‘yicha yuqorida ko‘rsatilgan yo‘nalish talabalariga 38 soatlik
amaliy mashg‘ulotlarni o‘tkazish uchun foydalanish mumkin. Qo‘llanma
«Ehtimollar nazariyasi va matematik statistika» fani bo‘yicha amaldagi namunaviy
dastur va «Matematika va informatika» kafedrasida tasdiqlangan ishchi dastur
asosida yozilgan. Uslubiy qo’llanmadagi dastlabki 8 ta mavzu 24 soatga
mo’lljanlanib, u ehtimollar nazariyasining asosiy tushuncha va formulalarini:
ehtimollik hisoblashning klassik, statistic va geometric usullari, ehtimollikni
qo’shish va ko’paytirish formulalari, shartli ehtimollik, to’la ehtimollik formulasi,
Bayes formulalari, Bernulli formulasi, Laplasning lokal va integral asimtotik
formulalari, Puasson formulasi, diskret va uzluksiz tasodifiy miqdorlar ularning
taqsimot qonunlari, sonli ko’rsatkichlsri kabi mavzularni o’z ichiga olgan bo’lsa,
keyingi 4 ta mavzu esa, 14 soatga mo’lljanlangan va u matematik statistikaning
asosiy masalalarini: tanlanma to’plamning berilish usullari, uning asosiy
ko’rsatkichlari, bosh toplam parametrlarini tanlanma taqsimotiga ko’ra
baholashlar, o’rtacha va dispersiya uchun oraliqli baholar, statistic kriteriyalar,
Pirson kriteriysi, tanlanma korrelyasiya ko’rsatkichi, tanlanma chiziqli regressiya
tenglamasi kabi mavzularni o’z ichiga olgan. Har bir mavzuda ushbu mavzuga oid
3
nazariy ma’lumotlar, amaliy mashqlarni yechishga doir uslubiy ko‘rsatmalar
hamda darsxonada, darsxonadan tashqari mustaqil yechish uchun yetarli mashqlar
to‘plami keltirilgan.
 Mavzular so‘nggida «Ehtimollar nazariyasi va matematik statistika»
tadbiqlarida ko‘p ishlatiladigan jadvallar va adabiyotlar ro‘yxati berilgan.
 Uslubiy qo’llanmadan maskur fandan amaliy mashg’ulot olib boruvchi
o’qituvchilar, magistrlar va talabalar foydalanishlari mumkin.