Самарқанд шаҳри, спетамен кўчаси 166-уй

(66) 222-37-54

Ta'limni raqamlashtirish sharoitida bo‘lajak kimyo o‘qituvchilarini loyihaviy faoliyatga tayyorlash metodikasini takomillashtirish

Ta'limni raqamlashtirish sharoitida bo‘lajak kimyo o‘qituvchilarini loyihaviy faoliyatga tayyorlash metodikasini takomillashtirish

  • Муаллиф: Alimova Farzona Abdukamalovna
  • Тил: O'zbek tilida
  • Ёзув: Lotin yozuvida
  • Publisher: Toshkent Davlat Pedagogika Universiteti
  • Йили: 2023
  • Кўришлар: 201
Ўқиш учун рўйхатдан ўтинг

Bugungi kunda jahon ta’lim tizimida zamonaviy fan va texnikani integratsiyalash amaliyotiga, kimyoviy ta’lim sohasida axborot texnologiyalaridan keng foydalanishga alohida e’tibor qaratilgan. Bunda o‘qituvchi o‘quv jarayonini tashkil etish bo‘yicha ko‘p turli zamonaviy yondashuvlarni tuzilmalashtiradi, binobarin talabalarning amaliyotga yo‘naltirilgan, ta’lim tizimida uning talabalar uchun real, kasbiy va shaxsiy ahamiyatiga urg‘u berishga imkon beruvchi loyihaviy faoliyat amalga oshiriladi. Xususan, YUNESKO xalqaro tashkilotining standartlar loyihasida o‘qitishning texnik vositalarini bilimlar sifatini oshirishga ko‘maklashuvchi loyiha asosida o‘qitish metodikasidan foydalanish zarurligi ta’kidlangan. Dunyoni barcha rivojlangan mamlakatlarining pedagogik ta’lim tizimida pedagog kadrlarni shakllanish samaradorligini oshirish uchun bo‘lajak pedagogga asil, individual tajriba bilan tasdiqlangan, muammolarni hal etish va qarorlarni qabul qilish amaliyotiga mos keluvchi bilimlarni olishga imkon beruvchi muhitni yaratish bo‘yicha samarali tadqiqotlar olib bormoqda. Shuning uchun oliy pedagogik ta’lim tizimi rivojlanishining hozirgi bosqichida, ta’limni raqamlashtirish sharoitida loyihalash faoliyatning nazariy-metodik asoslari bo‘yicha ilmiy ishlanmalar katta ahamiyatga ega va bo‘lajak kimyo o‘qituvchilarni professional tayyorlashda qo‘llanishga tavsiya qilinmoqda.