iSpring QuizMaker dasturi imkoniyatlari
- Author: Sh. Abduyev
- Language: O'zbek tilida
- Writing: Lotin yozuvida
- Publisher: Samarqand
- Year: 2018
- Views: 263
Mamlakatimizda mustaqillik yillarida amalga oshirilgan keng ko'lamli
islohotlar milliy davlatchilik va suverenitetni mustahkamlash, xavfsizlik va huquqtartibotni, jamiyatda qonun ustuvorligini, inson huquq va erkinliklarini, millatlararo
totuvlik va diniy bag'rikenglik muhitini ta'minlash uchun muhim poydevor bo'ldi,
xalqimizning munosib hayot kechirishi, jahon talablari darajasida ta'lim olishi va
kasb egallashi, fuqarolarimizning bunyodkorlik salohiyatini ro'yobga chiqarish
uchun zarur shart-sharoitlar yaratdi. Yangi sharoitlardan kelib chiqib, «Ta'lim
to'g'risida»gi va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to'g'risida»gi O'zbekiston
Respublikasi qonunlariga, 2017-2021 - yillarga mo'ljallangan “O'zbekiston
Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha Harakatlar strategiyasi”, O'zbekiston
Respublikasi Prezidentining 2018 yil 5 sentyabrdagi “Xalq ta'limi tizimiga
boshqaruvning yangi tamoyillarini joriy etish chora-tadbirlari to'g'risida” PQ-3931,
shuningdek Qaroriga muvofiq, ta'lim bosqichlarining uzluksizligi va izchilligini
ta'minlash, ta'limning zamonaviy metodologiyasini yaratish, davlat ta'lim
standartlarini kompetensiyaviy yondashuv asosida takomillashtirish, o'quv-metodik
majmualarning yangi avlodini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish hamda
pedagog xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini yanada
takomillashtirish taqozo etadi. “Ta'lim jarayonida pedagogik dasturiy vositalar”
modulining ishchi o'quv dasturi halq ta'limi xodimlari va o'qituvchilari malakasini
oshirish kursining o'quv dasturi asosida tuzilgan bo'lib, bu modul o'qituvchilarining
pedagogik faoliyatida pedagogik dasturiy vositalardan foydalanib elektron ta'lim
resurslarini yaratish imkonini ochib beradi. Multimediali elektron o'quv resurslarini
yaratish. Ishdan maqsad. Ta'lim jarayonlari samaradorligi oshirishda mualliflik dastur
imkoniyatlaridan foydalanib interaktiv elektron testlar va 3D kitoblar yaratish ko'nikma
va malakalarini rivojlantirish.