Matematikaning stoxastika yo'nalishi elementlari
- Author: Xonqulov U.X.
- Language: O'zbek tilida
- Writing: Lotin yozuvida
- Publisher: Fan va texnologiya
- Year: 2017
- Views: 102
Ushbu o'quv qo'llanma akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari uchun tasdiqlangan matematika fani o'quv dasturlari asosida yozilgan. Qo„l-lanma 4 ta bob, 15 ta paragraf, 38 ta banddan iborat bo'lib, u matematikaning stoxastika yo'nalishi elementlaridan kombinatorika, ehtimollar nazariyasi va matematik statistika bo'limlari bo'yicha asosiy materiallarni o'z ichiga oladi. Shuningdek, unda bu bo'limlar bo'yicha nazariy ma'lumotlar va ularga doir misollar yechib ko'rsatilgan. Har bir paragraf va bandlarning oxirida nazorat topshiriqlari, mustaqil yechish uchun misollar keltirilgan. Ushbu o'quv qo'llanmadan akademik litsey va kasb-hunar kollejlari o'quvchilari hamda matematika o'qituvchilari, oliy o'quv yurtlarining fizika-matematika, iqtisodiyot fakulteti talabalari ham foydalanishi mumkin.