Matematika fanini o'rganamiz
- Author: Tolibova Mohinbonu Husniddin qizi
- Language: O'zbek tilida
- Writing: Lotin yozuvida
- Publisher: Durdona
- Year: 2021
- Views: 151
Matematika (yun.thematike, mathema –bilim, fan), Riyoziyot– aniq mantiqiy mushohadalarga asoslanadigan bilimlar haqidagi fan. Matematika eng qadimgi fanlardan biri bo’lib, uzoq rivojlanish tarixini bosib o’tgan va buning barobarida “matematika nima?” degan savolga javob ham o’zgarib chuqurlashib borgan. Hayotimizni matematika fanisiz tassavur qila ololmaymiz.Matematika aqlni o’stiruvchi rivojlantiruvchi va dunyoqarashni kengaytiruvchi asosiy fan hisoblanadi. Matematikani bilgan o’quvchi hamma fanlarni o’zlashtira oladi va uzoqni ko’ra biluvchi bo’lib yetishadi. Zero yurtboshimiz SH.M. Mirziyoyev aytganlaridek: “Matematikani yaxshi bilgan bola aqlli, keng tafakkurli bo’ladi va istalgan sohada ishlab ketadi’’.Aytib o’tish joizki hozirgi kunga kelib bolalarning aksariyat qismi matematikaga qiziqishlari ko’rsatkichi juda past, ular matematikani juda murakkab fan sifatida ko’rishadi. Bunga sabab ularning matematikaga oid boshlang’ich tushunchalarni,misol-masalalarni to’la tushunmagani va undan keyingi murakkab masalalarni yechishda qiynalgani hisoblanadi.Ushbu qo’llanma ham matematikani o’rganishda misol-masalalar yechib bilimlarni va fikrlashni oshirishga yordam beradi. Ushbu qo’llanmani kasb –hunar maktablari uchun ham tavsiya etaman.