Biologiya

- Author: Abdukarimov A, G'ofurov A, Nishonboyev K, Hamidov J, Toshmuhamedov B, Eshonqulov o
- Language: O'zbek tilida
- Writing: Lotin yozuvida
- Publisher: Sharq
- Year: 2013
- Views: 145
Biologiya yunoncha bios — hayot, logos — fan, ya’ni hayot to‘g‘risidagi fan degan ma’noni anglatadi. Hayotning molekula, hujayra, organizm, populyatsiya — tur, biogeotsenoz, biosfera darajalari mavjud. Har qanday tirik mavjudot murakkab tuzilishga ega bo‘lmasin, u biologik molekulalar — nuklein kislotalar, oqsillar, yog‘lar, uglevodlar va boshqa organik moddalardan tashkil topgan. Ana shu darajadan boshlab hayotning o‘ziga xos xossalari — irsiy axborot berilishi amalga oshadi.