Matematikadan qo'llanma
- Author: O. Ahadov, S.Sadullaеv
- Language: O'zbek tilida
- Writing: Lotin yozuvida
- Publisher: Samarqand
- Year: 2006
- Views: 294
Ushbu qo’llanma yosh o’qituvchilarga pedagogika kollejlarining
talabalariga, ota-onalariga hamda Matematikani eng boshidan boshlab
o’rganuvchilarga mo’ljallangan. Qo’llanmada olimlarning matematika
haqidagi teran fikrlari bayon etildi. Dastlab arifmetika haqida, natural
sonlar, butun sonlar, o’nli sanoq sistemasi va raqamlar to’g’risida
tushuncha berildi. Katta sonlarning o’qilishi va yozilishi qulay jadval
qilib berildi. Arifmetik amallar (qo’shish, ayirish, ko’paytirish, bo’lish)
ga ta’rif berilib, ularni bajarish tartiblari ham sodda qilib ko’rsatildi.
Shuningdek raqamlarning o’quvchi yoki talaba daftariga qanday
yozilishi namuna qilib ko’rsatildi. Oddiy kasrlar, noto’g’ri kasrdan
aralash son hosil qilish qoidalari hamda tenglama haqida tushuncha
mavjud. Boshlang’ich sinf o’qituvchilari va pedagogika kollejlari
talabalari yoddan yecha olishi zarur bo’lgan 6 ta (noma’lum
qo’shiluvchi, noma’lum kamayuvchi, noma’lum ayriluvchi, noma’lum
ko’paytuvchi, noma’lum bo’linuvchi, noma’lum bo’luvchi) larni topish
qoidalari aniq misollar yordamida berildi