Boshlang'ich sinf o'quvchilarida yozuv malakalarini shakllantirish metodikasi

- Author: Jumayeva Habiba G‘afforovna
- Language: O'zbek tilida
- Writing: Lotin yozuvida
- Publisher: GlobeEdit
- Year: 2022
- Views: 148
Bola kamolotining shakllanishi ko‘p jihatdan chiroyli yozuvning shakllanish jarayoniga bog‘liq. Bolalar chiroyli yozish orqali boshqa fanlarni muvaffaqiyatli o‘zlashtirish imkoniga ega bo‘ladilar. Inson hayotida yozuv muhim o‘rin tutadi. Chunki u har kuni turli-tuman qog‘ozlar va hujjatlardan foydalanadi. Bularning hammasi chiroyli va bexato yozishni taqozo etadi. Ammo qisqa muddat ichida kichik yoshdagi maktab o‘quvchilarida chiroyli, tez va bexato yozish ko‘nikma va malakalarini shakllantirish ma’lum bir qiyinchiliklarni keltirib chiqaradi.