Hamzashunoslik tarixi va uning tadrijiy takomili
- Muallif: Davronov Azimjon
- Tili: O'zbek tilida
- Yozuv: Lotin yozuvida
- Nashriyot: BOOKMANY PRINT
- Yili: 2024
- Koʻrishlar: 255
Mazkur monografiyada adabiyotshunoslik fanining tarkibiy qismi bo‘lgan hamzashunoslik ilmiy yo‘nalishining boshlanishi, shakllanishi, rivojlanish tarixi va uning tadrijiy takomili haqida ma’lumot beriladi. Shuningdek, Hamza yaratgan dramatik asarlarning ilmiy jihatdan o‘rganilishi; Hamza o‘zbek dramaturgiyasining asoschisi ekanligi; Hamza adabiy siymosining badiiy adabiyotda, xususan, she’r, doston, qissa, romanlarda yaratilgan obrazi; Hamzaning o‘zbek adabiyoti va san’atiga qo‘shgan hissasi; umuman, hamzashunoslikning yuz yillik tarixida amalga oshirilgan ishlar tahlil qilingan. Monografiyadan tadqiqotchilar, universitetlarning filologiya fakulteti talabalari, qiziquvchilar va keng adabiy jamoatchilik foydalanishi mumkin.