SPORT VA HARAKATLI O‘YINLARNI O‘QITISH USLUBIYATI (FUTBOL)

- Author: V.Sh.Raximov
- Language: O'zbek tilida
- Writing: Lotin yozuvida
- Publisher: Toshkent
- Year: 2021
- Views: 211
O‘zbekistonda mustaqillik davrida jismoniy tarbiya va sport sohasining rivojlanishi mamlakatimizda amalga oshirilayotgan samarali siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy islohatlarning natijasidir. Jumladan, mamlakatimiz sportini rivojlantirish sohasida tubdan o‘zgarishlar amalga oshirilmoqda. Davlatimiz jismoniy tarbiya va sportning kelajak avlodni sog‘lom qilib tarbiyalashdagi o‘rnini hisobga olib sport ishlarini yanada takomillashtirish, zamon talablari darajasida o‘quv va moddiy-texnik bazasini yaratish hamda aholining sportga bo‘lgan qiziqishini oshirish yo‘lida maqsadli davlat miqyosidagi tadbirlar ishlab chiqilib, xayotga tadbiq etilmoqda. CHunki sport millatning o‘zligini anglashda va uni aniq maqsadlari sari yo‘naltirishda, o‘zidagi bor salohiyatini hamda millat sifatidagi qudratini jahon uzra namoyon etmoqda.