166 Spitamen shah street, Samarkand city

(66) 222-37-54

ONA TILI FANINI O'QITISH METODIKASI DARSLIGI

ONA TILI FANINI O'QITISH METODIKASI DARSLIGI

  • Author: U. Y Fayzieyva
  • Language: O'zbek tilida
  • Writing: Lotin yozuvida
  • Publisher: Ilm nurli kitob
  • Year: 2024
  • Views: 163
Sign up for read

Mazkur darslik 60112700 - <<Surdopedagogika» ta'lim yo'nalishi bo'yicha Oliy ta'lim o'quv muasasasida tahsil oluvchi talabalar uchun mo'ljallangan boʻlib, "Ona tili o'qitish maxsus metodikasi" fanining namunaviy dasturi asosida yaratilgan. Darslikda eshitishida muammolari bo'lgan kar, zaif eshituvchi bilalarga ona tili o'qitish fanining umumiy asoslari; kar, zaif eshituvchi bolalarga ona tilini o'qitishning rivojlanish tarixi, bosqichlarining tavsifi; eshitishida nuqsoni bo'lgan bolalarga o'zbek tili fonemalari, ularni talaffuz qilish, nutqda qoʻllah, o'zbek tilining grammatik qonuniyatlarini nazariy va amaliy egallash mavzulari yoritilgan. Darslik 15 bobdan iborat. Darslikning barcha boblarida ko'tarilgan masalalar eshitishda nuqsoni bo'lgan o'quvchilarning og'zaki va yozma nutqini shakllantirish, uning grammatik qonunlari o'rgatish usullari, nutqiy rivojlanishidagi o'ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda korreksion yo'nalishda tashkil etilish va olib borish metodikasi yoritilgan. Darslikda talabalarga kar, zaif eshituvchi bolalar nutqini rivojlantirishda qo'llaniladigan korreksion rivojlantiruvchi maxsus fanlar orqali o'qitilishi keltirilgan: daktil nutq so'z boyligini shakllantiruvchi dastlabki vosita; oʻg,zaki nutq tovushlar, bo'g'in va so'zlarni ovozli nutqda ifodalash; predmetli amaliy ta'lim-harakat va muloqot jarayonida og'zaki nutqiy muloqotni egallash; ona tili umumta'lim maktab dasturi asosidagi dastur va darsliklarning mazmuni, ular asosida o'qitish metodikasi va usullari haqida ma'lumotlar kiritilgan. Darslik maxsus pedagogika sohasining surdopedagogika yo'nalishida olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlarida qo'shimcha manb'a sifatida foydalanilishi mumkin. O'zbekiston Respublikasi Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan 60112700 tavsiya etiladi