166 Spitamen shah street, Samarkand city

(66) 222-37-54

Oksidlanish-qaytarilish reaksiyalari mavzusini o'qitishda pedagogik texnalogiyalarni qo'llash

Oksidlanish-qaytarilish reaksiyalari mavzusini o'qitishda pedagogik texnalogiyalarni qo'llash

  • Author: G'iyosov Q.
  • Language: O'zbek tilida
  • Writing: Lotin yozuvida
  • Publisher: Ijod-print
  • Year: 2021
  • Views: 149
Sign up for read
Ushbu monografiyada pedagogik texnologiyalar va zamonaviy usullardan foydalanib, oksidlanish-qaytarilish reaksiyalari mavzusini o‘qitish mazmunini takomillashtirish, pedagogga yo‘naltirilgan omillardan foydalanish, tadqiqot muammosining respublikamiz va xorijda o‘rganilganligi haqidagi ma’lumotlar ilmiypedagogik va nazariy jihatdan adabiyotlar sharhi tahlil qilingan. Mazkur omillarning asosiy maqsad va vazifalari, mazmun va mohiyati, ularning o‘ziga xos xususiyatlari yoritilgan. Shuningdek, ta’lim muassasalarida kimyo fanidan o`qitiladigan muhim mavzulardan biri bo`lgan oksidlanish-qaytarilish reaksiyalarining mohiyati haqida umumiy ma’lumotlar berildi. Kimyo darslarida har bir mavzuni tushuntirishda Vatanimizda yashab o‘tgan allomalarimizning kimyo fanning rivojlanishiga katta hissa qo‘shganligi va ularning olib borgan tadqiqotlari haqida ma’lumotlar keltirildi. Monografiyada keltirilgan ilmiy-pedagogik va nazariy ma’lumotlar mazkur sohaga qiziquvchilarning oksidlanish-qaytarilish reaksiyalari mavzusi bo‘yicha kimyoviy reaksiyalarning yangi tenglashtirish usullarini (Garsiya usuli, molekularionli tenglamalar usuli, Gerashenko usuli, matematik usuli) va ularning turlarini hamda oksidlanish-qaytarilish reaksiyalarining tenglamalarini tuzishga doir misollar keltirildi. Bu mavzuni yoritishda ta’lim muassasalarida dars olib borish davomida zamonaviy pedagogik texnologiyaning bir qancha usullaridan, masalan “VENN diagrammasi”, “Klaster”, “B/BX/B” va boshqa usullaridan samarali foydalanish, shuningdek test savollari va mavzu yuzasidan reaksiya tenglamalari ham keltirildi.