166 Spitamen shah street, Samarkand city

(66) 222-37-54

Tuproq bonitirovkasi va xaritalash

Tuproq bonitirovkasi va xaritalash

  • Author: Nomozov X., Turdimetov M., Toshpo`latov S., Qoraxonova Y., Qoraxonov A.
  • Language: O'zbek tilida
  • Writing: Lotin yozuvida
  • Publisher: O`zbekiston milliy ensiklopediyasi
  • Year: 2016
  • Views: 164
Sign up for read
Darslik ikki qismdan tashkil topgan bo`lib, birinchi qismi tuproq bonitirovkasiga oid bo‟lib Davlat kadastri tizimini yuritishda tuproqni sifati, unumdorlik darajasi, uni o'ziga xos tabiiy-iqtisodiy mintaqada joylashganligi bo'yicha ilmiy ma`lumotlar keltirilgan.Tuproqni bonitirovkalashning uslublari, bajarish bosqichlari yoritilgan. Sug'oriladigan hamda lalmikor yerlarni bazali bonitirovka shkalasi berilgan. Ushbu qismda shuningdek, sug'oriladigan, lalmikor tuproqlarni bonitirovkalashda tuproqning asosiy xususiyatlari va tabiiy sharoitlariga ko`ra pasaytirish omillari yoritilgan. Qishloq xo'jaligiga mo`ljallangan yerlarning qiymat bahosini, me`yoriy narxini aniqlash, qishloq xo'jaligi ekinlarining hosildorligini rejalashtirish kabi ma‟lumotlar berilgan. Darslikning ikkinchi qismi tuproqni xaritalashga oid bo'lib, tuproqni xaritalash fanining maqsad va vazifalari, rivojlanish tarixiga oid ma'lumotlar keltirilgan. Tuproqni xaritalash usullari, tuproq xaritasining turlari, xarita tuzishning tayyorgarlik, dala va kameral analitik bosqichlari batafsil yoritilgan. Darslikning oxirida ushbu fan bo'yicha amaliy mashg'ulotlami bajarish bo'yicha ko'rsatmalar berilgan.