166 Spitamen shah street, Samarkand city

(66) 222-37-54

Kreativ pedagogika

Kreativ pedagogika

  • Author: Raxmanova M. Q., Karamov B. K., Sulaymonova M.E.
  • Language: O'zbek tilida
  • Writing: Lotin yozuvida
  • Publisher: Osiyo tur
  • Year: 2024
  • Views: 51
Sign up for read
Mazkur darslik mazmunida bugungi kunda jahondagi globallashuv va ta'limning integratsiyalashuvi jarayonida bo'lajak mutaxassislarning ongida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni qaror toptirish, kasbiy tayyorgarligini rivojlantirish bugungi kundagi dolzarb vazifalardan biri hisoblanadi. Ushbu vazifani hal etishda ta'limning roli beqiyosdir. Har bir sohada yetuk, bilimli, mustaqil fikrlay oladigan, faol va tashabbuskor mutaxassislarni tayyorlash masalasi dolzarb vazifalardan biri bo'lib qolmoqda. Bugungi kunda mamlakatimizda kadrlar tayyorlashning sifat darajasini oshirish, xalqaro standartlar asosida oliy malakali mutaxassislar tayyorlash uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish, har bir oliy ta'lim muassasasini jahonning yetakchi ilmiy-ta'lim muassasalari bilan yaqin hamkorlik aloqalari o'rnatishi, o'quv jarayoniga xalqaro ta'lim standartlariga asoslangan ilg'or pedagogik texnologiyalar, o'quv dasturlari va o'quv-uslubiy materiallarini keng joriy qilish, ta'lim oluvchilar, ilmiy-pedagog kadrlarni zamonaviy kasbiy bilimlari va kreativlik qobilyatlarini rivojlantirish, yoshlar auditoriyasi bilan ish olib borishda interfaol usullardan samarali foydalanish masalalari Harakatlar strategiyasining ustuvor yo'nalishlariga muvofiq oliy ta'lim darajasini sifat jihatidan oshirish va tubdan takomillashtirishning asosiy vazifalari sifatida belgilandi.