166 Spitamen shah street, Samarkand city

(66) 222-37-54

Abdurahmon Nuriddin Abdurahmon Jomiy

Abdurahmon Nuriddin Abdurahmon Jomiy

  • Author: M.Karimova
  • Language: O'zbek tilida
  • Writing: Lotin yozuvida
  • Publisher: ANDIJON
  • Year: 2015
  • Views: 134
Sign up for read

Abdurahmon Nuriddin Abdurahmon Jomiy 1414 yilning
7 noyabrida Xurosonning Jom shahri (1414-1492) da tug`ildi. Uning otasi
Nizomiddin Ahmad yirik ruhoniy - shayxulislom edi. Jomiyning go`daklik
chog`ida oila hirotga ko`chib boradi va o`sha yerda istiqomat qilib Abdurahmon
Jomiy o`qishga juda erta kirishadi tez orada xat savodini chiqarib oladi va turli
xil va havas bilan o`rgana boshlaydi. Jomiy maktab keyin hirotning Dilkash
madrasasida ulkan adabiyotshunos olim Mavlono Jo`nayd qo`lida saboq ola
boshlaydi. Jomiy xususan O`rta Osiyoning mashhur filologi Sa’daddin Mas’ud
Taftozoniyning (1322-1389) «Muxtasar al-maonn» va «Mutavval» kitoblarini katta
ishtiyoq bilan o`qiydi Jomiy Taftozoniyning shogirdi Jojarmiy va mashhur
mudarris Aloiddin Aliy Samarqandiydan ta’lim oladi . U hirot tahsili bilan
qanoatlanib qolmay, bilimini oshirish maqsadida Samarqandga keladi , Ulug`bek
madrasasida o`qiydi, qozizoda Rumiy va mashhur olimlarning
mashg`ulotlariga qatnaydi. U Bahovaddin Naqshbandning izdoshlari bo`lgan
Shayx Sa’daddin Koshg`ariyga (1456 yilda vafot etgan) murid tushib, tasavvuf
bo`yicha ta’lim oladi.