AN’ANAVIY XALQ QO’SHIQLARINI O’RGATISHDA MILLIYLIKKA ERISHISH XUSUSIYATLARI

- Author: Mahmudova Nazokat
- Language: O'zbek tilida
- Writing: Lotin yozuvida
- Publisher: Namangan
- Year: 2017
- Views: 284
Xalq musiqa san’ati boy va serqirra deyiladi, shuningdek xalq qo’shiqlari
ham. Albatta, xalqona urf-odatlarga asoslangan musiqiy madaniyat o’z-o’zidan
turmush tarziga aylangan va muttasil davom etib kelgan. Ma’naviyat darajasi va
uning ravnaqi ijodiyot mahsuli bilan o’lchanadi. Qaerda ijodiyot kerakli me’yorda
mavjud ekan, bu jarayon milliy an’analarga asoslanar ekan, u yerda hayotimizga
xos va zamonaga mos rivoj bor.