166 Spitamen shah street, Samarkand city

(66) 222-37-54

DZYUDO KURASHIDA HAKAMLIK QILISH VA MUSOBAQALARNI O‘TKAZISH QOIDALARI

DZYUDO KURASHIDA HAKAMLIK QILISH VA MUSOBAQALARNI O‘TKAZISH QOIDALARI

  • Author: O.T.Xolxodjayev, M.M.Mansurov
  • Language: O'zbek tilida
  • Writing: Lotin yozuvida
  • Publisher: Toshkent
  • Year: 2021
  • Views: 77
Sign up for read
O‘zbekiston Respublikasi istiqlolga erishgan yildan so‘ng qabul qilingan "Ta’lim to‘g‘risida", "Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risida"gi qonunlari, "O‘zbekistonda jismoniy tarbiya va sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi PQ-3031-son qarori va boshqa farmonlar tub ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy, ma’naviy va madaniy o‘zgarishlarni yuzaga keltirmoqda. Jumladan, oliy ta’lim tarmoqlarida ham o‘quv-tarbiya uslubining eski yo‘nalishidan voz kechilmoqda. Yangi pedagogik texnologiyani joriy etishni esa davrning o‘zi taqozo etmoqda. Natijada bu sohada sifat o‘zgarishlari ro‘y bermoqda. Jumladan, oliy ta’lim tizimining ajralmas qismi bo‘lgan jismoniy tarbiya va sport sohasidagi mutaxassislar oldida ham bir qator dolzarb muammolar paydo bo‘lmoqda. Ularni hal etish esa yosh avlodni barkamol qilib tarbiyalashga xizmat qiladi.