BOKS NAZARIYASI VA USLUBIYATI

- Author: XALMUHAMEDOV R.D., SHIN V.N., TAJIBAYEV S.S., TURDIYEV F.K., RAJABOV G‘.Q.
- Language: O'zbek tilida
- Writing: Lotin yozuvida
- Publisher: Ilmiy texnika axboroti-press nashriyoti
- Year: 2018
- Views: 65
Mazkur darslik 0 ‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining boks, qilichboslik va taekvondo nazariyasi va uslubiyati kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan tayyorlandi. Unda yetakchi olimlar va murabbiylaming hozirgi zamonda boksning rivojlanish darajasini aks ettiruvchi uning nazariyasi va uslubiyatining muhim qoidalarini umumlashtirish bo‘yicha sa’y-harakatlari aks etgan. Ushbu darslik avval nashr etilganidan 15 yildan so‘ng chop qilinmoqda. Tabiiyki, jahon boksida shu uzoq vaqt mobaynida jiddiy o‘zgarishlar ro‘y berdi va bu, birinchi navbatda, musobaqalami o‘tkazish, hakamlik qilish tizimi hamda qoidalarga kiritilgan yangiliklar bilan bog‘liq. O‘zbekistonda boks sport turining rivojlanishi o‘tgan bosqichida mashg‘ulot jarayoni to‘g‘risidagi ob’yektiv ma’lumotlami izlab topish va ilmiy tahlil qilish, ulami nazariy umumlashtirish amalga oshirildi. O‘zbek bokschilarining yutuqlari hammaga ma’lum. O‘zbekiston terma jamoasi sportchilari so‘nggi yigirma yil ichida jahon chempionatlari va Olimpiya o'yinlarida katta yutuqlarga erishdi. Mamlakatimizda boks jadal rivojlanib bormoqda, sportchilar mahorati oshmoqda, bolalar-o'smirlar sport maktablari, oliy sport mahorati maktablari tarmoqlari kengaymoqda, olimpiya tayyorgarlik markazlari tashkil etilmoqda.