Ushbu slubiy qo’llanma magistrantlarini zamon talablariga javob bera oladigan ilmiy-pedagogik faoliyatga tayyorlash maqsadida yozilgan bo’lib, qo`yilgan maqsadga tegishli qonuniy me’yoriy hujjatlarda belgilangan talablarga asoslangan holda pedagogik malaka va ko`nikmalarga erishishni ta’minlashdan iborat. Bu vazifa magistrantlarning mutaxassislik kafedrasi tomonidan tayinlangan yuqori malakali ilmiy rahbarlar yordamida yangi pedagogik texnologiyalarni o`zlashtirishni, o`quv jarayonida fanlardan olingan nazariy va amaliy bilimlarni tizimli-uslubiy ravishda ilmiypedagogik faoliyatga joriy qilish uchun ko`nikmalar hosil qilishni o`z ichiga oladi. Bunda magistrantlarga nazariy ta’lim jarayonida o`qitiladigan umummetodologik fanlardan «Pedagogik texnologiyalar va pedogogik mahorat», «Axborot tizimlari», «Ilmiy tadqiqot metodologiyasi» kabi fanlar nazariy-uslubiy asos bo`lib xizmat qiladi. Ilmiy-pedagogik ishda magistrantlarning shu fanlardan olgan nazariy va amaliy bilimlari ilmiy rahbarlari yordamida amaliyotda sinab ko`rishga hamda ularni amalga oshirishga bevosita yordam beradi |