XOR BILAN ISHLASH MAHORATI

- Author: L. X. JUMAYEVA
- Language: O'zbek tilida
- Writing: Lotin yozuvida
- Publisher: «MUSIQÀ»
- Year: 2023
- Views: 72
Xor qo‘shiqchiligining jamoaviy xarakteri va ulkan ta’sir kuchiga ega bo‘lgan ommabobligi, musiqa ijrochiligining mazkur turini insonlarni musiqa madaniyatining boyliklariga jalb qilishning eng ommabob va shu bilan birga eng ta’sirli vostitasiga aylantiradi. Xor qo‘shiqchiligi tufayli xalqning keng qatlamlari musiqa san’atining yuksak badiiy namunalarini nafaqat tinglash, balki, faol ijro etish jarayonida ular bilan chambarchas aloqaga kirishish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Ishtirokchilarning o‘zaro mas’uliyati va yelkadoshlik tuyg‘usi, ansambl hissi aynan xor jamoasida mukammal tarbiyalanadi. Xor madaniyatini rivojlantirish hamda tadbiq etish jarayonida, ommaning estetik tarbiyasida Respublikamiz xor jamoalarining faoliyati borgan sari katta ahamiyatga ega bo‘lib bormoqda. Mazkur jamoalarning badiiy darajasi 30 yil avval e’lon qilingan, O‘zbekistonning mustaqillik yillari davomida sezilarli ravishda o‘sdi.