AN’ANAVIY YAKKA XONANDALIK

- Author: MUNOJATXON YO‘LCHIYEVA
- Language: O'zbek tilida
- Writing: Lotin yozuvida
- Publisher: Toshkent
- Year: 2018
- Views: 214
“An’anaviy yakka xonandalik” fani. O‘zbekiston oliy musiqa ta’limida professional kadrlar tayyorlash jarayonida yangi avlod o'quv adabiyotlari bilan ta’minlab borishliga alohida e’tibor berilmoqda. Bu borada “O‘zbekiston Respublikasini 2017-2021-yillarda rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi”da musiqa san’atini yanada rivojlantirishga oid yangi vazifalar qo‘yilgan. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 15-fevraldagi PF-4956-sonli “Madaniyat va sport sohasida boshqaruv tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmonida “musiqa ... san’atini tubdan rivojlantirish” vazifasi belgilangan.