Badiiy matn persepsiyasida intertekstuallik

- Author: Xomidova Mahfuzaxon Farhodjon qizi.
- Language: O'zbek tilida
- Writing: Lotin yozuvida
- Publisher: Bookmany print
- Year: 2023
- Views: 147
Badiiy matn tadqiqi deyarli bir asrlik tadrijiy yo‘lni bosib o‘tdi. Bu vaqt davomida matn va uning ta’riflari, turlari, tahlili, lingvopoctikasi dunyo tilshunoslari tomonidan tadqiq qilindi. Badiiy matnning o‘ziga xos jihatlari, tarkibiy qismlari va til xususiyatlariga oid keng ko‘lamli va samarali tadqiqotlar yaratildi. Jumladan, o‘zbek tilshunosligida ham so'ngi yillarda matn tilshunosligi keng rivojlandi va bu matnning antroposentrik tadqiqiga bag‘ishlangan ishlarga yo‘l ochdi. Ushbu monografiyada intertekstuallik hodisasi, uning turlari va manbalari, badiiy matndagi vazifalari va persepsiyasi haqida ma’lumot berilgan. Olzbek tilidagi badiiy matnlarning mazmuniy idrokida intertekstuallikning o‘rni tajriba natijalari asosida tahlilga tortilgan.