Sport va harakatli o'yinlarni o'qitish metodikasi fanidan uslubiy qo'llanma

- Author: G'afurov Nodir Muxitdinovich
- Language: O'zbek tilida
- Writing: Lotin yozuvida
- Publisher: Durdona
- Year: 2021
- Views: 142
Kelajak avlodni jismonan sog’lom aqlan yetuk bo’lib ulg’ayishida jismoniy tarbiya va sportning ahamiyati kattadir. Respublikamizda jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishga bo’lgan e’tibor davlat siyosati darajasiga ko’tarilgan. Bu borada qabul qilingan qonunlar jismoniy tarbiya va sport ishlarini rivojlantirishga keng yo’l ochib bermoqda. Vazirlar Mahkamasining 1992-yilda “Jismoniy tarbiya va sport” to’g’risidagi Qonun, “Ta’lim to’g’risidagi” Qonun, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” va boshqa bir qancha qonun va farmonlar ta’lim muassasalari va boshqa turdagi sport jamiyatlarida sport turlari bo’yicha to’garaklarni tashkil etish, bolalarni jismoniy, ma’naviy-axloqiy tarbiyalashning zamonaviy shakl va uslublarini ishlab chiqish, murabbiylarni kasbiy-pedagogik faoliyatini takomillashtirish talab qilmoqda. Murabbiylik kasbi-inson faoliyatining eng murakkab jabhalaridan biridir.