166 Spitamen shah street, Samarkand city

(66) 222-37-54

O'zbekiston tarixini o'qitishda zamonaviy pedagogik texnologiyalar

O'zbekiston tarixini o'qitishda zamonaviy pedagogik texnologiyalar

  • Author: ABDUQAYUMOV ASROR RAYIMOVICH,
  • Language: O'zbek tilida
  • Writing: Lotin yozuvida
  • Publisher: Durdona
  • Year: 2020
  • Views: 240
Sign up for read

Mazkur o'quv-uslubiy qo'llanma ilg'or pedagogik texnologiya va o'qitishning zamonaviy interfaol metodlari asosida tayyorlangan bo'lib, oliy o'quv yurtlarida O'zbekiston tarixi fanidan mashg'ulot olib boruvchi professor-o'qituvchilar, shuningdek, talabalar uchun tavsiya sifatida nashr etilgan. Ta'lim jarayonining jahon andozalariga mos uslublariga tayangan hamda o'zbek xalqi milliy urf-odatlari va an'analarini, qolaversa, O'zbekiston tarixi fanining o'ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda mashg'ulot olib borish texnologiyasi ushbu qo'llanmada to'laqonli ravishda o'z aksini topgan. Ushbu uslubiy qo'llanma O'zbekiston tarixi fani yuzasidan 56 soat hajmdagi dastur asosida tayyorlangan bo'lib, unda "O'zbek davlatchiligining shakllanishi va dastlabki taraqqiyot bosqichlari" mavzusi bo'yicha o'tkaziladigan ma'ruza (2 soat) va seminar (2 soat) mashg'ulotlarining ishlanmasi o'z aksini topgan. Uslubiy qo'llanma oliy o'quv yurtlarining bakalavr bosqichi barcha mutaxassisliklarida o'quv rejaning 1-blok fani sifatida o'qitiladigan "O'zbekiston tarixi" fani uchun mo'ljallangan.