“Dostonlarning musiqiy xususiyatlarini oʻrganish

- Author: Matyakubov B.
- Language: O'zbek tilida
- Writing: Lotin yozuvida
- Publisher: Musiqa
- Year: 2024
- Views: 97
“Dostonlarning musiqiy xususiyatlarini oʻrganish” oʻquv qoʻllanmasi “Doston ijrochiligi” yoʻnalishi boʻyicha bakalavr bosqichi talabalarining 1-2-3-4-5-6-semestrlari uchun moʻljallangan. Kitobda dostonlarning asl va jonli manbalari boʻlgan baxshilar ijodi, kuy-nomalari, qoʻllaniladigan joʻrnavoz cholgʻular haqida soʻz yuritiladi. Unda dostonlarning musiqiy xususiyatlari ilmiy asoslangan va tahlil etilgan. “Avazxon”, “Baziryon”, “Xirmondali”, “Oshiq Mahmud”, “Oshiq Gʻarib va Shohsanam” kabi Xorazm dostonlarining toʻliq namunalari va nota matnlari kitobdan oʻrin olgan. Qiyosiy taqqoslash uchun turli ijrochilarning audio yozuvlari 15 soat hajmida qr kod dasturida berilgan. Fan dasturi asosida qismlarga bo‘lingan, har bir mavzu o‘z ichiga ma’ruza, amaliy va seminar mashg’ulotlarini qamrab olgan. Oʻquv qoʻllanma muallifning Respublikamiz va xalqaro doiradagi koʻp yillik izlanishlari samarasi oʻlaroq zamonaviy innovatsion uslublar asosida yaratilgan. Kitob davlat ta’lim standartlariga binoan san’at yoʻnalishidagi oʻquv reja va dasturlar asosida tayyorlangan.