Yordamchi tarix fanlari (O‘zbekiston numizmatikasi)
- Муаллиф: Аlisher Umarov Yusubjanovich, Azada Rahmatullayeva Rustamovna
- Тил: O'zbek tilida
- Ёзув: Lotin yozuvida
- Publisher: Toshkent
- Йили: 2023
- Кўришлар: 242
Ushbu o‘quv qo‘llanmada maxsus tarixiy fanlar sarasiga kiradigan, ammo mustaqil ilmiy yo‘nalish sifatida shakllangan Numizmatika fanining nazariy asoslari, predmeti, maqsad va vazifalari, fan sifatida shakllanishi, dastlabki tovar-pul munosabatlari, tangalarning tarix fanini o‘rganishdagi o‘rni va ahamiyati yoritilgan. O‘quv qo‘llanmada O‘zbekistonning turli tarixiy davrlariga tegishli tangalarning tasviri va xususiyatlari haqida umumiy ma’lumotlar berilgan, tayanch atama va tushunchalar hamda bibliografiya bilan ta’minlangan. O‘quv qo‘llanma Oliy o‘quv yurtlari Tarix yo‘nalishi bakalavriat talabalari uchun mo‘ljallangan.