Dialogik nutqda noverbal vositalarning pragmatik xususiyatlari

- Author: Xasanova Gulrux Xayrullayevna
- Language: O'zbek tilida
- Writing: Lotin yozuvida
- Publisher: “Samarqand davlat chet tillar instituti”
- Year: 2023
- Views: 180
Mazkur monografiyada noverbal vositalarning dialogik nutqda qo‘llanilishi, vazifalari, lingvomadaniyatshunoslikdagi muhim roli va pragmatik xususiyatlari yoritilgan, shuningdek, yosh bolalar muloqotida noverbal vositalarning ahamiyati, o‘qituvchi-talaba muloqotida noverbal vositalarning o‘rni tavsiflangan. Monografiyada maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalar nutqining rivojlanishida noverbal vositalarning o‘rni hamda yosh bolalar noverbal muloqotining tarkibiy qismlari bosqichlari aniqlangan; imo-ishora, yuz ifodasi, harakat, nigoh kabilar yordamida axborotni uzatish yo‘lining butun diapazoni hissiy munosabatni tashqi dunyoga uzatuvchi vosita bo‘lib xizmat qilishi, noverbal vositalarning madaniyatlararo muloqotda qo‘llanganda pragmatik ziddiyatlarning kelib chiqish sabablari, noverbal vositalarning o‘qituvchi va talaba muloqotidagi muhim ahamiyati hamda ularning pragmatik xususiyatlari ochib berilgan. Monografiyadan oliy o‘quv yurtlarining filologiya fakultetlarida, filologik yo‘nalishdagi institutlarda nutq lingvistikasi, psixolingvistika, pragmalingvistikaning muayyan masalalari bo‘yicha ma’ruzalar o‘qish, amaliy va seminar mashg‘ulotlar olib borish, maxsus kurslar o‘tish, darslik, o‘quv qo‘llanmalarini yaratish va turli tavsiyanomalar tuzishda foydalanish mumkin.