Ona tili darslarida nutqiy kompetensiyalarni shakllantirish metodikasi

- Author: Alavutdinova Nadira Ganievna
- Language: O'zbek tilida
- Writing: Lotin yozuvida
- Publisher: Bookmany print
- Year: 2023
- Views: 176
Monografiyada umumiy o‘rta ta’lim maktablari ona tili darslarida O'zbekiston Respublikasi Davlat ta’lim standartlarida belgilab berilgan tayanch va fanga oid umumiy nutqiy kompetensiyalarni shakllantirish metodikasida nutqiy kompetensiyalarni shakllantirish muammolari tahlil qilingan. Tadqiqotda «ijodiy fikr», «ijodiy fikrlash» tushunchalari, ijodiy fikrlash ko‘nikmasini hosil qilishda yozma ishlarning ahamiyati, nutqiy kompetensiyani rivojlantirishda psixologiya va ona tili fanlarining hamkorligi, o'quvchilarda ijodiy fikrlash ko‘nikmasini shakllantirishning omillari atroflicha yoritilgan. Monografiya oliy ta’lim muassasalari bakalavriat yo‘nalishida o‘qitiladigan “Ona tili o‘qitish metodikasi” va “O‘zbek tili o‘qitish metodikasi” fanlarini o‘qitish jarayonida foydalanish uchun mo‘ljallangan. Undan umumiy o‘rta ta’lim maktablari ona tili o‘qituvchilari va mazkur masala bilan qiziqqani keng kitobxonlar ommasi ham foydalanishlari mumkin.