BERILGANLAR BAZASINI BOSHQARISH TIZIMLARI

- Author: M.X. HAKIMOV, S.M. GAYNAZAROV
- Language: O'zbek tilida
- Writing: Lotin yozuvida
- Publisher: Toshkent
- Year: 2015
- Views: 41
EHM tuzilishining takomillashib borishi bilan parallel ravishda berilganlar taqdimoti uchun axborot tuzilishi ham parallel ravishda rivojlanib
bordi. Berilganlarni tasvirlash uchun: massiv, ro‘yxatli tuzilishlar, iyerarxik
tuzilishlar, abstrakt tuzilishlar va fayllar kabi tavsiflash usullari yaratildi.
Lekin berilganlarni bu tavsiflash usullari u bilan ishlovchi programmaga
bog‘liq bo‘ladi. Hattoki fayllar tizimi ham, foydalanuvchilar uchun alohida
zaruriy amallarni bajargan xolos, har bir programma o‘zining alohida berilganlarini aniqlab, ana shu berilganlarnigina boshqargan. Fayl tizimi qo‘lda
bajariladigan hisob-kitoblariga nisbatan ancha ilg‘or texnologiya bo‘lgan
bo‘lsa ham, undan foydalanishda ancha muammolar yuzaga kelgan. Bu
muammolarning eng asosiysi berilganlarning ortiqchaligi va ularning programmalarga bog‘liqligidan iborat bo‘lgan.